empty
 
 

Hisoblash formulasi

HMA(n) = WMA(2*WMA(n/2) – WMA(n)),sqrt(n))

Savdoda qo'llanilishi

HMA indikatori narx uchun samarali filtr sifatida ishlab chiqilgan edi. Ko'pchilik boshqa sirpanuvchi o'rtachalarga xos bo'lgan qo'llab-quvvatlash/qarshilik ko'rsatish sifatida narxga ta'sir ko'rsatish, shuningdek og'ish burchagining bozorga kirish to'g'risidagi qarorni qabul qilishga ta'siri tarzidagi standart funksiyalardan tashqari Xallning sirpanuvchi o'rtacha qiymati boshqa barcha narsalardan tashqari tendensiyaning yo'nalishini indikatorga o'rnatilgan rangli model yordamida aniqlashga imkon beradi.

Agar bozorda umumiy ko'tariluvchi tendensiya kuzatilsa, u holda bu aktivni xarid qilish zarurligini anglatadi, chunki keyin narx umumiy ko'tariluvchi trend doirasida oshishi mumkin. Sirpanuvchi o'rtachaning rangi almashinishi - bu bozorga kirishga signaldir.

Agar bozorda umumiy pastga tushuvchi tendensiya kuzatilsa, HMA indikatori rangini teskari tomonga, ko'kdan qizilga o'zgartiradi, bu aktivni sotish zarurligidan dalolat beradi, chunki bundan keyin umumiy tushuvchi trend doirasida narx pasayishi mumkin. Sirpanuvchi o'rtachaning rangi almashinishi bozorga kirish uchun signal bo'ladi.

Mazkur sirpanuvchi o'rtachaning o'ziga xos xususiyatlariga uning narxdagi o'zgarishlarini faqat silliqlashini emas, balki signallarning "kechikish" omilini olib tashlash imkonini ham beradi. Bu samaraga indikatorni hisoblashdagi xususiyatlari hisobiga erishishi imkoni bo'ldi. Shunday qilib, treyder HMA indikatoridan xarid qilish yoki sotishga bozorga kirish zarurligi to'g'risida kechikuvchi signalni berishidan havotir olmasdan foydalanshi mumkin.

Savdoda sirpanuvchi o'rtachadan mustaqil foydalanishdan tashqari, metatreyder uchun HMA indikatorini bozorga kirish uchun filtr tarzida qo'rqmasdan qo'llash mumkin, bunda bitimlar boshqa indikatorlar yoki tahlil qilish uslublari asosida ochilishi mumkin. Bu holda sirpanuvchi o'rtacha bitimdan chiqish uchun qo'llanilishi mumkin: indikator rangi qarama-qarshiga almashganda narx harakati yo'nalishida ochilgan bitimni yopish zarur va bozorga kirish uchun yangi signalni kutish zarur.

HMA indikatori

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.