Shuningdek qarang
Percentage Price Oscillator (PPO) indikatori – ikkita sirpanuvchi o'rta qiymatlar(turli davrli) ayirmasining vaqt oralig'i katta bo'lgan sirpanuvchi o'rtaning qiymatiga nisbati kabi hisoblanadigan ostsilyator. Bu indikator qo'llanish tamoyillari bo'yicha ham, samaradorligi bo'yicha ham klassik MACD indikatoriga o'xshaydi.
PPO = (EMA(12) – EMA(26) / EMA(26)) x 100
Kompyuter PPO indikatorining MACD indikatoridan asosiy farqi shundaki, MACD ikkita sirpanuvchi o'rta qiymatlar orasidagi mutloq farqni o'lchaydi, PPO esa ular orasidagi nisbiy farqni foizlarda ifodalaydi.
Tez sirpanuvchi o'rtacha (qizil chiziq) sekin sirpanuvchi o'rtachadan (ko'k chiziq) yuqorida joylashganda bozorda ko'tariluvchi an'ana (yo'nalish) ustuvor bo'ladi. Tez MA sekinidan pastda joylashganda bozorda sotuvlar avj oladi. Ikki sirpanuvchi o'rtachalarning kesishish nuqtasi bu kesishish yo'nalishida bozorga kirish nuqtasi hisoblanadi.
Indikatorning hisobga olish zarur bo'lgan muhim xususiyati 0 darajaning signal chizig'i bilan kesishishi hisoblanadi. Agar kesishish pastdan yuqoriga tomon yuz bersa, bozorda barqaror trend kuzatiladi va binobarin, yo xaridorlarni ochish, yoki ularni tutib turishda davom etish kerak. Agar nol chiziqni MA signal chizig'i yuqoridan pastga tomon kesib o'tsa, u holda pastga tushuvchi trend bilan ishlash zarur.
Metatreyder uchun PPO indikatori xuddi MACD indikatori kabi indikator ko'rsatishlarini narx harakati bilan ajralishi va qo'shilishi holatlarini ko'rsatadi. Agar divergentsiya kuzatilganda, bu narxning pastga tomon tez orada burilishidan dalolat beradi, bunda narxning tushishi paytida konvergentsiyaning mavjud bo'lishi – bu narxning yaqin orada yuqoriga tomon burilishi to'g'risida ogohlantiruvchi muhim ko'rsatkichdir.