empty
 
 
Foreks bozori qaysi vaqtda ochiladi
Ule-Eynar Byorndalen
Biatlon bo‘yicha 20-karra jahon chempioni
bozorning yopilish vaqti
Alesh Loprays
Afsonaviy Dakar rallisining har yillik ishtirokchisi

Savdo sessiyasi - bu banklar va bozorning boshqa ishtirokchilari faol savdo faoliyatini olib boradigan vaqt davri. Foreks bozori sutkasiga 24 soat, dushanbadan jumagacha ishlaydi. Yer sharining bir qismida tun bo‘lganda va mahalliy bozor yopilganda, quyosh sayyoraning boshqa qismida chiqadi va u yerda savdolar boshlanadi. Bu uzluksiz jarayon, shuning uchun treyderlar istagan qulay vaqtda savdo qilishlari mumkin. Dam olish kunlari va xalqaro bayramlar, jumladan Rojdestvo, Yangi yil oldi va Pasxa kabi bayramlar yagona istisno hisoblanadi. Bu kunlari valyuta bozori yopiq.

Agar Siz savdo jadvallarini bilsangiz unda o‘z savdo natijalaringizni yaxshilashingiz mumkin. Ma’lum savdo sessiyalari vaqtida valyuta bozorida o‘zgaruvchanlik ortadi. Shunday qilib, narxlarning tebranishida bozorga kirish va foyda olish uchun qulay sharoitlar paydo bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda savdo sessiyalarining kesishuvi bo‘ladi, ya’ni bitta sessiya tugamadi, ikkinchi sessiya boshlanishga ulgurdi. Bunday vaqtlarda savdo hajmi eng cho‘qqisiga erishadi va o‘zgaruvchanlik yuqori bo‘ldi, bu esa treyderlarga savdo qilish uchun foydali sharoitlarni taqdim etadi.

Quyida Moskva, Stambul, Minsk va boshqa shaharlarda foydalanuvchi UTC+3 vaqt zonasi uchun savdo soatlari taqdim etilgan. Agar Siz boshqa shaharda yashaydigan bo‘lsangiz, iltimos bu jadvalni o‘zingizning vaqt zonangizga muvofiq o‘zgartiring.

 
{{getLabel()}}
{{rul}}
{{city.title}}
Tinch okeani
Osiyo
Yevropa
Amerika
bozorning ochilish vaqti
Tinch okeani
Osiyo
Yevropa
Amerika
Bozor yopiq
Tinch okeani savdo sessiyasi ochiladi Osiyo savdo sessiyasi ochiladi Yevropa savdo sessiyasi ochiladi Amerika savdo sessiyasi ochiladi

Savdo sessiyasi Moliyaviy markazlar Ochilish vaqti (UTC+3) Yopilish vaqti (UTC+3)
{{market.session_title}} {{market.title}} {{market.open | fTime: market.openMinute}} {{market.close | fTime: market.closeMinute}}

Savdo sessiyalarining xususiyatlari

Kotirovkalar tunda odatda past faollikni namoyish qiladi, kunduzgi vaqtda o‘zgaruvchanlik keskin ortadi. Foreks bozorida savdo sessiyalari ish vaqti va savdo qilish xususiyatlari bo‘yicha farqlanadi. Har bir sessiya eng ko‘p savdo qilinadigan valyuta, o‘zgaruvchanlik darajasi va fundamental omillarning ta’siri darajasi bilan tavsiflanishi mumkin.

Tinch okeani savdo sessiyasi

Valyuta bozorida ish Tinch okeani savdo sessiyasining ochilishi bilan boshlanadi, bu sessiya eng tinch hisoblanadi. Bunda keskin teranishlar odatda kuzatilmaydi. Qoida tariqasida, narxlar deyarli qimirlamaydi, bozor bir joyda to‘xtab turadi, valyuta kotirovkalari esa yon tomon bo‘ylab savdo qilanadi. Professional treyderlar odatda bu davrda savdolarni ochmaydi. Biroq, ular ayrim muhim psixologik yoki tarixiy darajalarning yorib o‘tilishi, yangi trendning shakllanishi yoki narxning burilishiga qarab bozorning harakatini kuzatishni davom ettiradi.

Tinch okeani sessiyasi ishni endi boshlaganlar uchun o‘rganish va birinchi bitimlarni tuzishga eng qulay davr hisoblanadi, chunki bunda xavflar ham eng kam darajada bo‘ladi. Bundan tashqari, flet savdosiga sozlangan ayrim avtomatlashtirilgan savdo tizimlari bunday sessiya davomida samarali bo‘lishi mumkin. Biroq, yuqori o‘zgaruvchanlik davri, misol uchun AQSh Federal rezerv tizimi siyosatga oid masalalar bo‘yicha o‘zining navbatdagi yig‘ilishi natijalarini e’lon qilishida yuqori o‘zgaruvchanlik bo‘lishi mumkin. Bunday e’lonlarga darhol javob qaytarish aytarli darajada keskin bo‘lishi mumkin, shuning uchun bu narxlar dinamikasiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Tinch okeani sessiyasi vaqtdi ko‘pincha AUD/USD va NZD/USD kabi valyuta juftliklari savdo qilinadi. Buning sababi, Avstraliya va Yangi Zelandiya dollarlari Tinch okeani mintaqasining milliy valyutalari hisoblanadi.

Osiyo savdo sessiyasi

Osiyo savdo sessiyasining ochilishida bozor huddi jonlanadi va kotirovkalar tezroq harakatlanishni boshlaydi. Asosiy faollik savdo sessiyasining birinchi soatlarida kuzatiladi. Bu vaqtda asosiy makroiqtisodiy hisobotlar chop etiladi. Hammasidan ko‘proq bu vaqtda Yaponiya,Avstraliya va Yangi Zellandiyada statistik ma’lumotlar e’lon qilinadi.

Osiyo savdo sessiyasida eng faol juftliklar EUR/JPY va USD/JPY, shuningdek Avstraliya dollari (AUD) hisoblanadi. EUR/USD valyuta juftligi har bir savdo sessiyasida o‘zgaruvchanlikka egali sababli alohida e’tiborga sazovor. Statistik ma’lumotlarga muvofiq, agar Amerika sessiyasida juftlik keskin tebranishlarni namoyish etsa, unda Osiyo sessiyasida u odatda o‘sadi.

Osiyo sessiyasi vaqtdi odatda past likvidlik kuzatiladi. Ko‘plab valyuta juftliklari tor diapazonlarda savdo qilinadi va navbatdagi savdo vaqtlarida kuchliroq harakatlarga tayyorlanadi. Osiyo fond bozorlari ko‘pincha savdo kunning boshqa qismiga trendni belgilab beradi.

Bozorning o‘zgaruvchanligi keskin emas, shuning uchun unda istagan savdo qilish usulini qo‘llash mumkin. Narxning shoshilmas sur’atini hisobga olib, treyderlar huddi ovchilarga o‘xshab harakat qiladi. Ularga uzoq va sabr bilan o‘z o‘lchalarini kutish to‘g‘ri keladi, biroq yaxshi o‘q uzish yaxshigina foydani olib kelishi mumkin.

Yevropa savdo sessiyasi

Yevropa savdo sessiyasi eng jonli va harakatlarga boy sessiya hisoblanadi. Savdo hajmlari katta, shuning uchun savdo faolligi yuqori. Asosan bozordagi barqaror tendentsiyalar aynan Yevropa sessiyasida shakllanadi. Treyderlar bu faktni hisobga olishlari kerak. Bundan tashqari, Yevropa sessiyasi davrida kam bo‘lmagan yolg‘on signallar ham vujudga keladi. Buning kelib chiqish sababi Yevropalik dilerlar bozorni sinaydilar va stop-orderlarning yig‘ilish nuqtalarini, shuningdek qo‘llab-quvvatlash va qarshilik ko‘rsatish spot darajalarini topishga harakat qiladi.

Sessiyaning boshlanishi odatda tinch bo‘ladi va narxlarning harakatlanishi London fond birjasi ochilish vaqtida tezlashadi. Bu davr treyderlar uchun eng yaxshi,chunki o‘zgaruvchanlik yuqori, EUR, USD va GBP juftliklari esa eng faol savdo qilinadi.

Faollikning eng yuqori nuqtasi ko‘pincha savdo sessiyasining boshi va oxirida kuzatiladi, bunda kunning ikkinchi yarmida treyderlar uncha katta bo‘lgan tanaffus qiladi. Narx trendlari odatda sessiyaning oxirida o‘zgaradi.

Yevropa sessiyasi vaqtida istagan valyuta juftligi bilan savdo qilish mumkin. Biroq, ko‘pincha treyderlar EUR/USD, GBP/USD, USD/JPY va USD/CHF kabi juftliklarda, shuningdek EUR/JPY va GBP/JPY kross-juftliklarida bitimlarni ochadilar.

Tajribali treyderlar Yevropa savdo sessiyasini afzal ko‘radi, chunki u yirik foyda olish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etishi mumkin. Katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va tendentsiyalarni tez aniqlash qobiliyati yaxshi natijalarni olib kelishi mumkin.

Amerika savdo sessiyasi

Savdo faolligining keskin oshishi oddatda juda katta mablag‘lar va butun dunyo bo‘yicha millionlab treyderlarning e’tiborini jalb etgan holda Amerika savdo sessiyasida kuzatiladi. Amerika sessiyasi eng agressiv, oldindan aytib bo‘lmadigan va foyda berishi mumkin bo‘lgan sessiya hisoblanadi. Bozor ishtirokchilari valyutalarning aralash va tartibsiz harakatlarini ko‘pinchi keltirib chaqiradigan yangiliklarga o‘z e’tiborlarini yuqori darajada qaratadilar. Yevropa sessiyasida shakllangan narx trendlari Amerika sessiyasida o‘z yo‘nalishini davom ettirishi yoki burilishi mumkin.

Geografik nuqtai nazaridan Amerika sessiyasi faqat Qo‘shma Shtatlarini, balki Kanada va Braziliyani ham qamrab oladi. Treyderlarning alohida e’tiborlari o‘z tarkibiga USD va CAD larni olgan valyuta juftliklari qaratadilar. Bundan tashqari, JPY ni o‘z tarkibiga olgan juftliklar ham bu davrda juda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Keskin tebranishlardan qo‘rqmaydigan bozor ishtirokchilari GBP/JPY va GBP/CHF kabi kross-kurslar bo‘yicha bitimlarni ochadi.

Yana bitta muhim jihat mavjud. Yevropa banklari huddi Amerika banklari kabi nufuzli ekanligi sir emas, shuning uchun ko‘pincha birinchi ko‘rsatilganlar ko‘p hollarda so‘nggilarning muhimligini qoplaydi. Shuning uchun Yevropa sessiyasining yopilishida eng katta o‘zgaruvchanlik kuzatiladi, Amerika banklari esa eng katta kuchni qo‘lga kiritadi.

Juma kuni kechga borib Amerika bozorining faolligi pasayadi. Treyderlar odatda dam olish kunlaridan oldin o‘z foydalarini qayd etadilar. Bundan keying, qoida tariqasida asosiy trendlardan qaytish bo‘ladi.



Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.